Raqobat qo‘mitasiga xonadon, avtomobil xarid qilish, kommunal va boshqa xizmatlar yuzasidan tushgan murojaatlar o‘rganilib, ijobiy yechimini topmoqda
Hududlar kesimida misollar
📍Farg‘ona viloyati
Hududiy boshqarma Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro G.N.ning kommunal xizmatlaridan asossiz qarzdorlik yuzaga kelgani bo‘yicha murojaatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlarda uy-joy kommunal xizmatlari bo‘yicha fuqaro 2025-yil uchun to‘lovlarni oldindan, ya’ni 2024-yilda amalga oshirgani, ammo boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda, oldindan amalga oshirilgan to‘lovlar inobatga olinmasdan qo‘shimcha qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.
Natijada fuqaroga asossiz hisoblangan 293 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, bekor qilinishi ta’minlandi.
📍Namangan viloyati
Hududiy boshqarma Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro N.U.ning “Uzbekistan Airways” AJning elektron sayti orqali Krasnodar – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha Namangan shahriga ko‘rsatilgan vaqtda sababsiz parvoz amalga oshmagani yuzasidan tushgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganish natijasida foydalanilmagan aviachipta uchun to‘lagan mablag‘i “Namangan xalqaro aeroport” MCHJning sotuv bo‘limi tomonidan fuqaroni plastik kartasiga 1 800 000 so‘m qaytarib berilishi ta’minlandi.
📍Toshkent viloyati
Hududiy boshqarmaga fuqarolardan D.K. Va D.E.lar tomonidan tushgan murojaatlarda “JAS AVTO MOTORS” MCHJ bilan shartnoma imzolanib, to‘lov amalga oshirilgani, ammo avtomobil o‘z vaqtida yetkazib berilmagani bildirilgan.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan “JAS AVTO MOTORS” MCHJ tomonidan fuqarolarga boshlang‘ich to‘lov summasi ya’ni 92 mln.so‘mga yaqin mablag‘ni qaytarib berish yuzasidan tegishli ko‘rsatma berildi.
📍Xorazm viloyati
Hududiy boshqarmaga Gurlan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.R.ning O‘zbekiston savdo markazidan 2025-yilda tuzilgan shartnoma bo‘yicha xonadon xarid qilish maqsadida to‘lovni amalga oshirgani, ammo joriy yilning fevral oyida fuqaroning moddiy sharoitida muammolar bo‘lgani sababli shartnoma bekor qilingani, uyga to‘langan pul esa qaytarib berilmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qoldirgan.
O‘rganishlarda mazkur holat o‘z tasdig‘ini topdi va tadbirkor tomonidan fuqaroga 204 mln so‘m pul mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi.








