13–27-oktyabr kunlari “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Pekin va Shenjen shaharlarida raqobat qonunchiligi va uni qo‘llash amaliyotiga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Raqobat qo‘mitasi vakillari, Serbiya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Armaniston, Mongoliya, Qozog‘iston, Keniya, Myanma, Montenegro, Indoneziya va Filippin kabi qator mamlakatlardan ham ishtirokchilar qatnashdi. Bu esa xalqaro hamkorlik doirasini yana-da kengaytirish imkonini yaratdi.
Seminar doirasida ishtirokchilarga tovar hamda raqamli bozorlarda raqobat muhitini tahlil qilish, qonunchilikni samarali qo‘llash vositalari bo‘yicha Xitoyning ilg‘or tajribalari taqdim etildi.
Shuningdek, ushbu tadbir davomida ishtirokchilar Xitoyning “Tencent” va “Han’s Laser Technology Industry Group” kabi yirik texnologik korporatsiyalarining biznes modellari, raqobat strategiyalari hamda innovasion yechimlari bilan yaqindan tanishdi.








