Boshqarma tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar:

Iqtisodiyotning monopollashuv darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda raqobatni rivojlantirish, ushbu sohalarga xususiy sektorni keng jalb qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun teng raqobat shartlarini yaratish maqsadida Qo‘mita tomonidan 13 ta sohalar bo‘yicha eksklyuziv huquqlarni bekor qilish hamda ushbu sohalarga xususiy sektorni keng jalb qilishni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon loyihasi ishlab chiqilib tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Shu bilan birga, normative-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalirini raqobat muhitiga ta’sirini baholash tizimi yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasini tasdiqlash haqida”gi 964-sonli qarori qabul qilindi.