Dubay shahridagi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Barcha darajalardagi o‘zaro muloqotlarning bugungi holati va ikki tomonlama savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi.
Samarali hamkorlikni, shu jumladan iqtisodiy sohada “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish orqali kengaytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralarni davom ettirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.