Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaroning muammosi hal etildi.
Fuqaro, xonadon sotib olish uchun “NAVOIY TINCH TEKSTIL” MChJ bilan 2023-yil noyabr oyida shartnoma tuzgan, shartnomada umumiy maydoni 69,1 kv.m bo‘lgan xonadonning bahosi 594 260 000 so‘m qilib belgilangan va 100 000 000 so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirgan, biroq fuqaroning oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmaganligi sababli shartnomani bekor qilgan, lekin boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘langan 100 000 000 so‘m “NAVOIY TINCH TEKSTIL” MChJ tomonidan fuqaroga qaytarilmagan va ushbu pul mablag‘lari qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.
Hududiy boshqarma mutaxassislari ishtirokida olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga asosan murojaat ijobiy hal etildi. Fuqaro tomonidan quruvchi tashkilotga yangi xonadon uchun to‘langan boshlang‘ich mablag‘ 100 000 000 so‘m to‘liqligicha qaytarib berilishi ta’minlandi.