Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari “Markaziy Osiyo mamlakatlarida adolatli tariflarga erishish uchun xizmatlar narxini tartibga solish” mavzusiga bagʻishlangan seminarda ishtirok etmoqda
Bugun, 2023-yil 17-may kuni Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida adolatli tariflarga erishish uchun xizmatlar narxini tartibga solish” mavzusiga bagʻishlangan seminar boʻlib o‘tmoqda.
Mazkur seminar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Markaziy Osiyoda energetika sohasini tartibga solish boʻyicha hamkorlik” loyihasi doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda AQSHning Kommunal xizmatlarni tartibga solish milliy assotsiatsiyasi (NARUC) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
O‘z navbatida, xalqaro auditorlik-konsalting kompaniyasi “KPMG” ekspertlari va NARUC vakili ishtirokida olib borilayotgan ushbu seminarda Energetika vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ vakillari hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, NARUC tomonidan joriy yilning 6-9 hamda 13-16-fevral kunlari Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida energetika sohasida adolatli taʼriflarga erishish uchun xizmatlar koʻrsatish tan narxini tartibga solish” mavzusiga bagʻishlangan toʻrtta texnik modullardan iborat oʻquv kursida Qo‘mita mutasaddilari ishtirok etgan.