Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Ispaniya milliy bozorlar va raqobat komissiyasi (the Spanish National Markets and Competition Commission – CNMC) tomonidan joriy yilning 17-21-oktyabr kunlari Barselona shahrida
22-Xalqaro raqobat tarmog‘i (International Competition Network – ICN) yillik konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida, bugun, 2023-yil 20-oktyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi delegatsiyasi vakillarining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda Vengriya Raqobat organi mutasaddilari o‘rtasida rahbariyat darajasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda Vengriya Raqobat organi tomonidan tashkil etilgan Raqobat bo‘yicha Budapesht mintaqaviy markazi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, Qo‘mita xodimlarining tajribasi va salohiyatini oshirish maqsadida ularni mazkur Markazda malaka oshirishi bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv doirasida, shuningdek, yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati, unga kiritilgan muhim yangiliklar muhokama qilindi.