Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023-yilda 428-sonli «Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
2023-yil 1-dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi;
2023-yil 1-dekabrga qadar tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xatlovdan o‘tkaziladi va ular ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi;
Amal qilish muddati belgilanmagan reklama joyi pasportlarining amal qilish muddati davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar uchun 2024-yil 1-dekabrgacha va yer uchastkalari uchun 2030-yil 1-dekabrgacha etib belgilanadi.