Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-may kuni “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” 256-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Xorazm viloyati hududiy boshqarmasida 29-may kuni Qo’mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, hududiy boshqarma rahbariyati, tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo’jalik yurituvchi subyekt vakillari va boshqa tadbirkorlar ham ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Salimovning 256-son qaror mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan taqdimoti tinglandi. Shu bilan birga ushbu qaror bo’yicha muhokamalar ham bo‘lib o‘tdi.
Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi, Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi va ustun muzokara kuchini e’tirof etish, Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi, Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi, Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi, Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi va Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish tartibi to‘g‘risidagi mavzular ko‘tarildi
Shuningdek, Qo‘mitaning hududiy boshqarma mutaxassislari mazkur qarorning samarali amalga oshirilishi va qat’iy nazorat qilinishi yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.