Bugun Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida AQShning Tovar fyucherslari savdo komissiyasi (CFTC) bilan hamkorlikda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Tovar-xom ashyo birjalari va ularning ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish” mavzusidagi seminar boshlandi.
Tadbirning birinchi yarmida CFTC Xalqaro munosabatlar bo‘limi direktori o‘rinbosari Kevin Pikkoli o‘z taqdimotida tovar-xom ashyo bozorini rivojlantirish, spot bozori (spot market) hamda turli derivativ mahsulot turlari haqida gapirib o‘tdi.
Seminar davomida bozor monitoringi, xavflarni boshqarish va manipulyatsiyalarga qarshi kurashish kabi masalalar faol muhokama qilinishi kutilmoqda.