Bugun 11-oktabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan hamkorlikda yo’lga qo’yilgan “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida “Tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro seminar-treningning 2-kuni bo’lib o’tdi.
Seminar-treningda:
-Ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini iqtisodiy baholash mezonlari;
-Eksklyuziv huquqlardan va imtiyozlardan foydalanishni suiiste‘mol qilish holatlari va uni tartibga solishdagi ustuvor yo‘nalishlar;
-Ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini baholash bo‘yicha tushunchalar hamda ularni belgilovchi omillar mavzularida seminar qatnashchilari xorijiy eng yaxshi amaliyotlar bilan tanishdilar.
Nufuzli tadbirning bugungi kun yakunida xalqaro seminar-trening ishtirokchilariga sertifikat topshirildi. Ishtirokchilarga sertifikatlarni O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov va xalqaro ekspertlar topshirdilar.