Joriy yilning 22-23-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-homashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida “Tovar homashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur malaka oshirish kursida, tovar homashyo birja ishtirokchilariga (broker, treyder) raqamli iqtisodiyot, birja savdolaridagi yangi savdo instrumentlar, jumladan ikki tomonlama qarama-qarshi auksion, derivativlar, fyuchers bitimlari hamda kliring haqida ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, birja ishtirokchilari, davlat buyurtmachilari hamda yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotuvchi korxonalar vakillariga raqobatni cheklovchi harakatlar hamda narxlar manipulyatsiyasini oldini olish, birja savdolarining normativ huquqiy asoslari, birja a’zolari uchun ichki nazorat qoidalari haqida batafsil tushintirishlar berildi.
Malaka oshirish kursi so‘ngida birja ishtirokchilariga (broker, treyder) maxsus sertifikatlar topshirildi.