Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat va tahlil ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Qo‘mita 2023-yil davomida davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan 2346 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borildi. Tahlil natijasida buyurtmachilar tomonidan 1268 ta xarid savdolari jarayonida 1584 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Jumladan:
Hududiy organ tomonidan davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari elektron tizimlari (xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz va boshqalar) orqali amalga oshirilgan savdolarning 640 tasi tahlil qilindi.
O‘rganilgan tanlov (tender) savdolari tahlili natijasida buyurtmachilar tomonidan 12 ta xarid savdolari jarayonida 12 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Qo‘mitaga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 73 ta murojaatlar kelib tushgan (19 tasi jarayonda). Ushbu murojaatlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida 143 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borilib, shundan 41 ta xarid savdolarida 83 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Misol uchun, “To‘rtko‘l Myasomolprom” MChJning 2023-yil 22-iyulda “To‘rtko‘l tumani obodonlashtirish boshqarmasi” tomonidan boshlang‘ich qiymati 1 822,6 mln so‘m bo‘lgan “To‘rtko‘l tumanida aniqlangan og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini ta’mirlash” tanlov savdosi yakuniy natijasidan norozi ekanligi yuzasidan Qo‘mitaga yuborgan murojaatiga asosan “To‘rtko‘l tumani obodonlashtirish boshqarmasi” tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdosi va uning ishtirokchilari malaka hujjatlari o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, “To‘rtko‘l tumani obodonlashtirish boshqarmasi”ga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, Qo‘mitaning maxsus komissiya tomonidan mazkur ish ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, “To‘rtko‘l tumani obodonlashtirish boshqarmasi” O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi birinchi qismi ikkinchi va oltinchi xatboshilari, yani savdolarni o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarni buzilishi hamda savdolarning bir yoki bir necha ishtirokchilariga savdolarda qatnashishi uchun imtiyozli
shart-sharoitlar yaratib berish talablarini buzilgan deb topilib hamda aniqlangan holat yuzasidan “To‘rtko‘l tumani obodonlashtirish boshqarmasi”ga lot tanlov savdosi yakunida tuzilgan bayonnomasini haqiqiy emas, deb topish bo‘yicha Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi taqdim etilgan.