Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va Indoneziya Taʼlim Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro qo‘shma diplom dasturi (IJDP) magistrantlari Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasidagi “Innovatsion faoliyatlarni muvofiqlashtirish” laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi (master klass)da ishtirok etishdi.
Master klass darsi talabalarni o‘z biznes yo‘nalishi bo’yicha o‘z tadqiqot loyihalariga tayyorlash uchun turli tadqiqot yondashuvlari va metodologiyalarini o‘rganish va ularni qo‘llashga qaratilgan.
Dastur talabalari tadqiqot muammosini aniqlash, muhokama qilish, tegishli tadqiqot yondashuvlari va usullarini (ham miqdoriy, ham sifat) tanlash va qo‘llash hamda ularning natijalarini taqdim etish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.
Ayni paytda Qo‘mita tomonidan hamkorlikda ish olib borish va yosh olimlarga biznes yo‘nalishidagi mustaqil tadqiqot loyihasida yordam berish uchun alohida xona ajratilgan. Natijada, ularga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi “Innovatsion faoliyatlarni muvofiqlashtirish” laboratoriyasida amaliyoti jarayonida loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.