Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 29-bandiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borishi belgilangan.
Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitorning natijasida, “SHAFFOF SEMENT SANOAT” MChJ QK tomonidan 2023-yil yanvar-dekabr va 2024-yil yanvar-iyul oylarida 298 ta holatda 20 645 tonna sement mahsulotini birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu mahsulotni 2023-2024-yillar davomida sotish kunlaridagi narxlari 2023-2024-yillar davomida birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda 298 ta holatda mahsulot narxlarini yuqori qo‘llash natijasida jami 669 mln so‘mga yaqin miqdorda tafovut (farq) holatlari aniqlandi.
Ma’lumot o‘rnida. Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, “Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish” harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi.
Yuqoridagilarga muvofiq, Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan “SHAFFOF SEMENT SANOAT” MChJ QKga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Kanalga ulanish https://t.me/RaqobatGovUz