FUQARODAN SAVOL:
- Har oyda suv hisoblagich ko‘rsatgichi ma’lumotlarini suv idorasiga taqdim qilinmasa, suv sarfini me’yor bo‘yicha hisob-kitob qilinishi to‘g‘rimi?
JAVOB:
Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan holatlarda ISKX tashkiloti ushbu va keyingi davr hisob-kitoblarini ichimlik suv va oqova suv sarfining o‘rtacha sutkalik normasi asosida, shu oyda amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha iste’molchi tomonidan keyingi ko‘rsatkichlar taqdim etilgungacha (yoki ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingungacha)amalga oshirish huquqiga ega.
Iste’molchi tomonidan keyingi ko‘rsatkichlar taqdim etilgan yoki ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingan taqdirda ISKX tashkiloti ishlatilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suv hajmini o‘rtacha sutkalik sarf hisobida, suvni hisobga olish asbobining avvalgi qayd qilingan ko‘rsatkichi davridan boshlab qayta hisob-kitob qilishi lozim. Bunda to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinayotgan oydagi tariflar asosida hisoblab chiqiladi.