FUQARODAN SAVOL:
– Rejali uzib qo‘yish nima?
MUTAXASSIS JAVOBI:
– Rejali uzib qo‘yish — agar elektr ta’minoti shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr qurilmalarini rejali–ogohlantirish ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida iste’molchilarni oldindan (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga elektr energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING «ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA» QARORI