Ijtimoiy tarmoqda “Uy bizga topshirilmagan, lekin kreditni to‘layapmiz. Bizdan oldingilarda ham shunday bo‘layapti. Bir yillar cho‘zayapti uyni topshirmay, kreditni foizini ham to‘lab bermayapti. Bizga amaliy yordam bering” mazmunida fuqarodan murojaat qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Mazkur murojaatni o‘rganib chiqish jarayonida fuqaro U.J. bilan “Termiz metall payvandlash” MChJ o‘rtasida turar-joyning qurilishida investitsion badal kiritish to‘g‘risida 2023-yil 25-noyabr kuni shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, biroq ushbu shartnomada uyni fuqaroga topshirish muddati shuningdek, quruvchi tashkilotning iste’molchi oldidagi boshqa majburiyatlari aks ettirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatdan kelib chiqib, 2024–yilning 28-mart kuni Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi birinchi qismi talablari buzilish alomatlari mavjudligi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 11-bandiga asosan “Termiz metall payvandlash” MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.