Ijtimoiy tarmoq orqali https://www.facebook.com /groups /Potrebitel.Uz/posts /7976506305709974/ “KORZINKA GO” ilovasi faoliyatidan noroziligini bildirilgan fuqaroning posti qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganishlar olib borilganda 2024-yil 13-mart kuni iste’molchi “KORZINKA GO” ilovasi orqali yetkazib berish uchun buyurtma bergani, buyurtma narxi 130 390 so‘mni tashkil etgani, ammo bir necha soatdan keyin buyurtma bekor qilinib, iste’molchiga yetkazib berilmaganligi, texnik yordam xizmatiga qilingan murojaatlar foyda bermagani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlarda muammo texnik sabablar tufayli yuzaga kelgan va buyurtma tizimda bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
Natijada tizimdagi kamchiliklar “KORZINKA GO” ilovasi dasturchilari tomonidan bartaraf etildi. Bu bilan murojaat ijobiy hal etilib 130 390 so‘m mablag‘ iste’molchiga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi. Shuningdek, kompensatsiya sifatida iste’molchiga 30 000 so‘m miqdoridagi promo-kod ham berildi.