Ijtimoiy tarmoq orqali (https://t.me/BukharaNewsUz/65193) “Kriti svetafor”dagi Mega marketda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan tuxum chegirma bilan sotilmoqda. Magazindagi xodimga ma’muriyatga ayting desam, “Necha marta aytilgan, foydasi yo‘q”– deydi. Hurmatli 4 ta odamni boshqarib, o‘zini kimdirman deb o‘ylaydigan chala boshqaruvchilar, shu chegirmadagi mahsulotni oilangizga yediring, kamomad ham bo‘lmaydi. SES qayerga qarayapsizlar!? Chora ko‘rishingizni so‘rayman!” mazmunida post qoldirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganishlar olib borildi va quyidagilar ma’lum qilinadi:
O‘rganishlar davomida savdo do‘konidagi barcha mahsulotlar, shuningdek, tuxum mahsuloti sotilayotgan rastalar ko‘zdan kechirildi. Kamchiliklar ixtiyoriy bartaraf etilib,yaroqlilik muddati o‘tgan tuxum mahsuloti va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari shu kunning o‘zida savdo rastalaridan olinishiga erishildi. Hududiy boshqarma tomonidan korxona jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori Chakana savdo qoidalari haqida tushunchalar berib o‘tildi. Mahsulotlarni saqlash va yaroqlilik muddatini nazorat qilishga mas’uliyat bilan yondoshmagan sotuvchi xodimlarga ogohlantirish berildi.