Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlarida oziq-ovqat mahsulotlari (un, yog‘, go‘sht, sut, shakar va b.q.) mahalliy ishlab chiqaruvchilariga teng raqobat sharoitini yaratish va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida o‘rganish o‘tkazayotganligini ma’lum qiladi.
Shu munosabat bilan, yirik savdo tarmoqlarida mahsulotni yetkazib beruvchi yoki yetkazib berish taklifi rad etilgan, jumladan quyidagi holatlarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlari (mahalliy ishlab chiqaruvchilar)ni ushbu o‘rganishlarda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
Xususan, yirik savdo tarmoqlari tomonidan:
– xizmat ko‘rsatish imkoniyati bo‘la turib asossiz ravishda shartnoma tuzishni rad etish;
– yirik savdo tarmoqlari tomonidan yetkazib beruvchilarning tovarlariga narxni belgilashga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish;
– boshqa yirik savdo tarmoqlari bilan shartnoma tuzmaslik shartini belgilash yoki ushbu shart bilan shartnoma tuzishga rozilik berish;
– yetkazib beruvchilarga shartnoma tuzishda asossiz talablar belgilash, shu jumladan tovarni sotib berganlik uchun mukofot puli (retro bonus) va/yoki uni savdo rastasining iste’molchilarga yaqqol ko‘rinadigan joylarda joylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lash shartini majburan qabul qildirish;
– tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan bir xil tovar uchun to‘lov muddatlarini xar xil belgilash;
– mahsulotlar uchun to‘lovni amalga oshirish muddatlariga rioya etmaslik;
– mahalliy va import tovarlarga nisbatan teng bo‘lmagan sharoitlar yaratilganligi va shu kabi boshqa holatlar.
Agar sizda yuqoridagi kabi holatlar va bozorda teng raqobat ta’minlanishi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, Raqobat qo‘mitasining sorovnomalarida o‘z taklif va murojaatlaringiz bilan qatnashib borishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz. Qo‘mita tomonidan tuzilgan ishchi guruh bu borada kompleks o‘rganishlar olib borib tadbirkor (mahalliy ishlab chiqaruvchilar)lardan taklif va shikoyatlar qabul qilish tizimi faoliyat olib borayotganligini ma’lum qilamiz.
SO‘ROVNOMADA TAKLIF VA MUROJAATLARNI QOLDIRISH USULLARI:
Qo’mita veb-sayti orqali (https://raqobat.gov.uz/ishchi-guruh/)
1159 Yagona ishonch raqami orqali