Raqobat qo‘mitasi xuzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘grisida m a ’ l u m o t
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2023-2024-yillarda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor loyihalar Ro‘yxati”-ning 34-bandida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga murojaat kelib tushganda, murojaat holatini onlayn kuzatish imkoniyatini beruvchi elektron tizim yaratish vazifasi belgilangan.
Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
– sohadagi joriy amaliyot, shuningdek ushbu sohani raqamlashtirish borasida ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalari to‘liq o‘rganib chiqildi;
– o‘tkazilgan tahlil va o‘rganishlar natijasi bo‘yicha iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga murojaat kelib tushganda, murojaat holatini onlayn kuzatish imkoniyatini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqish Konsepsiyasi hamda Texnik topshirig‘i tasdiqlandi;
– Raqobat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan “FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida iste’molchilar tomonidan murojaat kelib tushganda, murojaat holatini onlayn kuzatish imkonini beruvchi elektron platforma ishlab chiqilib, my.fairtech.uz internet manziliga joylashtirildi.
Ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtirish tartibini to‘liq planshet orqali amalga oshirish amaliyoti:
Mazkur amaliyotni joriy etilishi quyidagi imkoniyatlarni berdi:
– ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish sohasini to‘liq raqamlashti-rish;
– rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar hisobini onlayn tarzda yuritib borish;
– ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishning qog‘oz ko‘rinishidagi tartibidan bosqichma-bosqich voz kechish;
– ma’muriy ishlarni sudlarga elektron shaklda yuborish va ularni sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishini onlayn kuzatib borish;
– sud qarorlarini elektron shaklda olish hamda jarima summalari-ni ixtiyoriy to‘langanligi va ijroga qaratilganligi haqidagi ma’lumot-larni onlayn olish, shuningdek statistik hisobotini shakllantirish joriy etildi.
“FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “SMS-xabar” moduli:
Axborot tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
– xabardor qilishning zamonaviy usullaridan foydalanish;
– iste’molchilarni xabardor qilish bilan bog‘liq xarajat va vaqtni tejash;
– iste’molchilarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish joriy etildi.
“FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “Javob xatlarini avtomatik shakllantirish” moduli joriy etildi.
Mazkur tizim iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar uchun javob xatlarini avtomatik ravishda shakllantirish hamda fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarga to‘liq rioya qilinishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.