Raqobat qo‘mitasi xuzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘grisida m a ’ l u m o t
“Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan Qo‘mita faoliyatiga joriy etilayotgan “FAIR TECH” yagona axborot tizimi tegishli tartibda tasdiqlangan texnik topshiriq asosida o‘rganib chiqilgan va u funksional va texnik jihatdan hamda texnik topshiriqda ko‘rsatilgan talablar asosida ishlab chiqilganligi yuzasidan taklif va e’tirozlar bildirildi.
Bundan tashqari Qo‘mitaning barcha tarkibiy tuzilmalaridan “FAIR TECH” yagona axborot tizimi yuzasidan taklif va e’tirozlar olingan hamda ular umumlashtirildi.
“FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida quyidagi modullar ishlab chiqildi va sinov tariqasida;
“Spirt xaridi nazorati” moduli – xo‘jalik yurituvchi subyektlar-ning yillik ishlab chiqarish quvvati uchun talab etiladigan iste’mol va texnik etil spirti xaridlari shuningdek, ularni sarflanishi ustidan nazorat qilish;
– “Tender savdolari” moduli – davlat buyurtmasi bo‘yicha o‘tkazil-gan tanlov (tender) savdolarini o‘rganish va natijalari yuzasidan ta’sir choralar ko‘rish bilan bog‘liq ma’lumotlarni qayd etish;
– “Komplayens” moduli – qo‘zg‘atilgan ishlar (ish qo‘zg‘atish asosi, ishni ko‘rib chiqish natijalari hamda ish bo‘yicha chiqarilgan qaror va ko‘rsatmalarni ijrosiga doir ma’lumotlar) haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish;
– “Yurist” moduli – Qo‘mita va uning hududiy organlarining birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va takroriy kassatsiya instansiyasi sudlarida ishtiroki, sud ishlarining yakuniy natijasi va sud qarorlari haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish;
– “Faoliyatni inson omilisiz baholash tizimi” moduli – marka-ziy apparati va uning hududiy boshqarmalarining chorak ko‘rsatkichlari asosida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar, shuningdek ushbular asosida reyting baholash natijalarini inson omilisiz avtomatik ravishda shakllantirish joriy etildi.