Raqobat qo‘mitasi xuzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘grisida
m a ’ l u m o t
“Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan iste’molchilarga mamlakat iste’mol bozorida muomalada bo‘lgan tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risida ma’lumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini beruvchi “Product Info” axborot tizimi va mobil ilovasini yaratish bo‘yicha konsepsiya va texnik topshiriq ishlab chiqildi hamda tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, tasdiqlandi.
Texnik topshiriq asosida iste’molchilarga mamlakat iste’mol bozorida muomalada bo‘lgan tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risida ma’lumotlar-ni onlayn tarzda olish imkoniyatini beruvchi “Product Info” («Tovar to‘g‘risida maʼlumot») axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqildi va faoliyatga to‘liq joriy etildi.
Ushbu tizimdan iste’molchilar erkin foydalanishi uchun my.fairtech.uz internet manziliga hamda uning mobil ilovasi Play market platformasiga fairtech nomi bilan joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopo-liyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-145-son Farmonining 9-bandida mazkur Farmon 2-ilovasida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlar-ning ma’lumotlar bazasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Raqobat qo‘mitasi 14 ta vazirlik va idoralar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnomalari ishlab chiqildi va tegishli tartibda tasdiqlandi.
Mazkur Texnik yo‘riqnomalar asosida 14 ta vazirlik va idoralardan ma’lumotlarni axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida olish bo‘yicha veb-xizmatlar ishlab chiqilgan va ishga tushirildi.
“Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida Raqobat qo‘mitasi 8 ta vazirlik va idoralardan olinadigan ma’lumotlar bo‘yicha tegishli texnik shartlar asosida rasmiy ariza yuborildi.
Ushbu ariza asosida Raqobat qo‘mitasining axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali
8 ta vazirlik va idoralardan ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyati yaratildi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Axborot xavfsizligi siyosati loyihasi ishlab chiqilib, vakolatli organlarga yuborildi.