Raqobat qo‘mitasi xuzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan 2023-yil uchun tasdiqlangan ish rejaga muvofiq amalga oshirilgan ishlar to‘grisida
M A ’ L U M O T
Asosiy turdagi 20 dan ortiq ijtimoiy muhim ahamiyatga ega va strategik tovarlar narxlarining keskin tebranishlari oldini olish, narxlarning asossiz o‘sishi holatlarini aniqlash maqsadida tizimli monitoring olib borish bo‘yicha “FAIR PRICE” (Adolatli narx) axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha loyihaoldi o‘rganishlar olib borildi va tahliliy ma’lumotlar asosida konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi.
“FAIR PRICE” (Adolatli narx) axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik shartlar asosida konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi va tegishli tartibda tasdiqlandi.
«Product Info» axborot tizimi va uning mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha loyihaoldi loyiha oldi o‘rganishlar olib borildi va tahliliy ma’lumotlar asosida konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi.
«Product Info» axborot tizimi va uning mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha texnik shartlar asosida konsepsiya va texnik topshiriq loyihalari tayyorlanib, tegishli ekspertizalardan o‘tkazildi. Ekspertlar-ning ijobiy xulosalari asosida konsepsiya va texnik topshiriq tasdiqlandi.
“FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “Pharm Info” axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha loyihaoldi loyiha oldi o‘rganishlar olib borildi va tahliliy ma’lumotlar asosida konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi.
“FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “Pharm Info” axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik shartlar asosida konsepsiya va texnik topshiriq loyihalari tayyorlanib, tegishli ekspertizalardan o‘tkazildi. Ekspertlarning ijobiy xulosalari asosida konsepsiya va texnik topshiriq tasdiqlandi.
“FAIR TECH” yagona axborot tizimi faolligi va uzilishlar paydo bo‘lganida zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha tizim administratorlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari axborot tizimini doimiy uzluksiz ishlashni ta’minlash bo‘yicha telegram kanalida alohida guruh ochilgan.
“FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “Pharm Info” axborot tizimi ishlab chiqilib, faoliyatga to‘liq joriy etilgan.
Dori vositalarining ulgurji va chakana savdosida belgilangan referent narxlardan oshirib sotganlik holatlarini axborot tizimi orqali inson omilisiz aniqlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasining axborot tizimlarini o‘zaro ma’lumotlar integratsiya qilish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma loyihasi ishlab chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlangan.
“FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “FAIR PRICE” (Adolatli narx) axborot tizimini ishlab chiqish tegishli qo‘shimcha o‘rganishlar talab qilinganligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 6-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlan-tirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqa-ruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-108-son farmonining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 17-bandida ushbu axborot tizimini ishlab chiqish muddati 2024-yil mart oyi qilib belgilangan. Mazkur axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.