Toshkent shahrida davom etayotgan “Platformalar iqtisodiyoti: raqobat qonunchiligi va raqamli platformalarning bozor hukmronligi” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda raqamli bozorlarni tartibga solish” mavzusida panel sessiya tashkil etildi.
Panel sessiyani Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev ochib berdi.
Bugungi panel sessiyada katta tajribada ega yetakchi ekspertlari o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan,
🔘Ioannis Lianos (Buyuk Britaniya, sobiq Yunoniston Raqobat komissiyasi raisi),
🔘Mahmud Momtaz (Misr Raqobat organi raisi),
🔘Aleksey Ivanov (BRIKS Raqobat siyosatini tadqiq etish markazi direktori)
Raqobat qonunchiligi va raqamli platformalarni tartibga solish strategiyalari yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, Vikas Kathuriya (Hindistondagi BML Munjal huquq maktabi professori); Yuxi Chen (BRICS Competition Law and Policy Centre) raqamli bozorlarni kuzatish va tahlil qilishning yangi yondashuvlarini taqdim etdilar.
Tadbir davomida, Qo‘mita xodimlari xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, raqamli bozorlarni tartibga solish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu jarayon nafaqat tajriba almashish, balki raqobat sohasida milliy kadrlar malakasini oshirish va global yondashuvlarni O‘zbekiston tajribasiga qo‘llash bo‘yicha muhokama platformasiga aylandi.