Joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi Qo‘mita mutassaddilari hamda AQSh Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tovar fyucherslari savdosi, tovar bozorlarini rivojlantirish, hamda raqobatni rag‘batlantirish mavzulari bo‘yicha duch kelayotgan muammolar va CLDP (Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi) tomonidan Qo‘mitaga texnik yordam ko‘rsata olinadigan sohalar haqida fikr almashinildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishini yana bir bor tasdiqladilar.