🔰 Raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni bilan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olgan dastur tasdiqlangan.
👉 Tadbirni Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov kirish so‘zi bilan ochib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimiz taraqqiyoti uchun va jamiyatni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishga hizmat qilayotganligini alohida ta‘kidlab o’tdi.
🔹Ushbu Farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga qatʼiy rioya etish yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi muhim chora-tadbirlar, unda belgilangan asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari kabi mavzular yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
📝Mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi F.Samig‘janov va IIV Akademiyasi kafedra boshlig‘i, dotsent Z.Jabbarovlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
USHBU TADBIRDA JAMOATCHILIK KENGASHI AʼZOLARI ISHTIROK ETISHDI