Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning 19-24-fevral kunlari Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish maqsadida, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va infrastrukturaning sifati bilan bog’liq masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o’tkazildi.
Ushbu o’rganishlar Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan bevosita Xorazm viloyatining Shovot va Urganch tumanlarida o‘tkazildi.
Ushbu tumanlar mahallalarining 26 tasiga bevosita joyiga chiqqan holda, mahalliy aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 400 ga yaqin aholi xonadonlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan turmush farovonligi va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasida suhbatlashildi, 50 ga yaqin tadbirkorlarning faoliyatidagi muammolar aniqlanib, ularning yechimi bo‘yicha tavsiya va takliflar berildi.
Shuningdek, tumandagi tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va aholini turmush farovonligini yaxshilash bo‘yicha mahallalardagi hokim yordamchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.
Ushbu o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar ishchi guruh tomonidan nazoratga olinib, tegishli tarzda hal etilishi yuzasidan choralar belgilab olindi.