O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7- fevraldagi 3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, O‘zbekistonda turizmning ziyorat, ma’rifiy, ijtimoiy, madaniy-ko‘ngilochar, ekologik, etnoturizm turlariga aholining qiziqishi yildan-yilga ortib bormoqda.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari ham 6-7 may kunlari «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida Samarqand shahriga sayohat qilishdi.
Qo‘mita xodimlari dastlab Shohi Zinda, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasini so‘ng Bibixonim madrasasi kabi tarixiy obidalar, qadamjolar va diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishdi. Sayohat davomida qadimiy shaharning muqaddas va ko‘hna osori-atiqalari tarixi bilan tanishishdi.