Bugun 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi binosida Qo‘mita rahbariyati va “Yandex” kompaniyasining xorij bozorlarida davlat idoralari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Yevgeniy Shumilov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʼlib o‘tdi.
Uchrashuvda “Yandex” kompaniyasi vakillari kompaniyaning O‘zbekistonda olib borayotgan faoliyati va uning istiqboldagi rejalari bilan tanishtirishdi.
Xususan, “Yandeks Go” xizmatlari platformasini raqamlashtirish va unda sunʼiy intellektni qo‘llash rejalari, ko‘rsatilayotgan xizmatlarining narxlarini shakllantirish usullari, shuningdek O‘zbekistonda kompaniyaning vakolatxonasini tashkil etish yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Shu bilan bir qatorda, Qo‘mita vakillari tomonidan kompaniyaning O‘zbekiston Respublikasining raqobat to‘g‘risidagi qonunchiligi va boshqa qonunosti hujjatlari talablari haqida hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarinnig sifatini undanda oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.