2023-yil 5-9-iyun kunlari Yerevan shahrida (Armaniston Respublikasi) “Markaziy Osiyo energetika regulyatorlari hamkorligi xizmatlari sifati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu seminar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Markaziy Osiyoda energetika sohasida tartibga solish bo‘yicha hamkorlik loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va AQSH Kommunal xizmatlarni tartibga solish bo‘yicha komissarlari milliy assotsiatsiyasi (NARUS) bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
O‘z navbatda, xalqaro ekspertlar va NARUS vakillari, shuningdek, Armaniston Davlat xizmatlarini tartibga solish komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining masʼul xodimlari, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi vazirliklari vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur seminar xizmatlar sifati standartlari bo‘yicha bilimlarni oshirish va etalonlar bilan solishtirishga xizmat qiladi, bu esa tartibga solinadigan kompaniyalar bilan yana-da shaffof va faol hamkorlik qilish imkonini yaratadi, samarali investitsiya muhitini shakllantirishga hissa qo‘shadi.