Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qo‘mitaning monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobatni rivojlantirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik aloqalarini olib borish hamda kengaytirish, integratsiya jarayonlarini kengaytirish va jadallashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar faoliyatiga qo‘shilishi yuzasidan Qo‘mita faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda ishtirok etish;
xizmat safarlarini, shuningdek, chet davlatlari va xalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doira vakillarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini yuqori darajada tashkil etish;
Qo‘mitaga yuklatilgan funksiya va vazifalarni Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan samarali bajarilishini ta’minlash;
sohaga tegishli davlatlararo shartnomalar, xalqaro loyiha va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar, xalqaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda Qo‘mita faoliyatiga oid yo‘nalishlarda Qo‘mita tizimi xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar, o‘quv kurslari, ma’lumot va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga ushbularni samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
Qo‘mita tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan grant dasturlari ijrosini ta’minlashda ishtirok etish, grant mablag‘lari doirasida xorijiy konsultant va ekspertlar jalb etilishida ishtirok etish;
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil qilish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etish;
xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini kuzatib borish, ularni yaxshilash bo‘yicha Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda asoslangan takliflar, prognozlar, tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va rahbariyatga kiritish, ushbu yo‘nalishda Qo‘mitaning xalqaro hamkorlik aloqalarini ta’minlash, ularni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
quyida keltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan integratsiyalashuv jarayonida Qo‘mita vakolati doirasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tegishli tahliliy ma’lumotlar tayyorlash:
Jahon savdo tashkiloti (JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari);
Yevropa Ittifoqi (O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi);
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (O‘zbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi-davlat maqomida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hamda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan samarali muloqotni o‘rnatish).
Qo‘mita faoliyati samaradorligini hamda Qo‘mita xodimlarining institutsional salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida quyida keltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatish hamda mavjud hamkorlikni kengaytirish:
Jahon banki (WB) guruhi;
Osiyo taraqqiyot banki (ADB);
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD);
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID);
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD);
Birlashgan millatlar tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD);
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO);
Xalqaro raqobat tarmog‘i (ICN)
AQSHning Kommunal xizmatlarni tartibga solish milliy assotsiatsiyasi (NARUC).
Tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflarini tashkil etish;
Bo‘lim qonun hujjatlariga, Hay’at qarorlari va Qo‘mita raisi topshirig‘iga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.