Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

 

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilarining (jismoniy shaxslarning) huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport xizmatlari sohalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilinganligini tahlil qilish hamda taklif va e’tirozlar ishlab chiqish;

kommunal xizmatlari, qurilish va transport sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish (oldini olish) yuzasidan takliflar tayyorlash;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida  iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda Qo‘mita hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq reja ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

aholining iste’mol madaniyati va yuqoridagi sohalarda savodxonlik darajasini oshirishga ko‘maklashish.

Bo‘lim reja ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;

huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

ijtimoiy tarmoqlar va boshqa resurslardan foydalangan holda kommunal sohadagi, jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni yetkazib berish, kanalizatsiya hamda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarning ko‘rsatilishida iste’molchilar huquqlarining buzilishini, mavjud muammolarni va ushbu masalalarda jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zda tutuvchi takliflar ishlab chiqish;

kommunal xizmatlari, qurilish va transport sohasida vakolatli organlar hisobotlarini olish va tahlil qilish hamda bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni va oldini olishni amalga oshirish;

ijro intizomi monitoringi holati yuzasidan berilgan axborot asosida ijrosi nazoratga olingan hujjatlar bajarilishini o‘rnatilgan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mutassaddi xodimlar bilan birgalikda zaruriy amaliy chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasidagi sohasida iste’molchilar muammolarini ulardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida o‘rganadi;

tegishli sohalarda iste’molchilar muammolarini internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan axborotlar, boshqa idoralardan kelib tushgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida  iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Ko‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tahlil qiladi va takliflar kiritadi;

tegishli sohalarda iste’molchilar muammolarini, ularning huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish (oldini olish) yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

tegishli sohalarda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qiladi, iste’molchilar huquq va manfaatlari buzilayotgan masalalarni birgalikda bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;

tegishli sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli o‘rganishlar tashkil qiladi, shu jumladan qoidalar, ommaviy oferta va shartnomalarni qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan tahlil qiladi, natijalarni umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi;

tegishli sohalarda aniqlangan muammolarni, sohalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud kamchilik va bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

tegishli sohalarda iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

tegishli sohalarda o‘zini-o‘zi tartibga solish tijimini, shu jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda iste’molchilar muammolari bilan ishlash bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimini yo‘lga qo‘yishni (joriy qilishni) tashkil qiladi;

iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab sudlarga da’vo arizalari kiritish, mutaxassis sifatida sudlarda ishtirok etish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi;

tegishli sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va sohalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘radi, shu jumladan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atish, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan, shuningdek, tegishli chora ko‘rish va huquqiy baho berish uchun vakolatli idoralarga va huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish masalalari bo‘yicha rahbariyatga axborot va takliflar kiritadi;

tegishli sohalarda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, sohani tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirish, shuningdek moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi, mutasaddi vazirlik va idoralar, jamoatchilik, tegishli tartibda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

Boshqarma va Qo‘mitaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari bilan birga Bo‘lim vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur hujjat va materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Bo‘lim qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.