Tovar-xom ashyo birjalari va iste’mol bozorlarida narxlarni nazorat qilish boshqarmasi

 

Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Qo‘mitaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni hududiy organlar va Qo‘mitaning idoraviy mansub tashkilotlari bilan samarali bajarilishini ta’minlash;

tovar birjalarini litsenziyalash va litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;

tovar birjalari litsenziyalari reyestrini yuritish;

birja faoliyati sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

birja savdolarida raqobat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish

ichki bozorda asosiy turdagi iste’mol tovarlarining (tasdiqlangan ro‘yxat asosida) narxlarini tahlil qilish hamda raqobatni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish bo‘yicha sun’iy to‘siqlar va cheklovlarni o‘rganish va ularni bartaraf etish choralari ko‘rish;

xalqaro tajriba va birja faoliyatining joriy qilish tendensiyalarini o‘rganish;

Boshqarma faoliyati sohasining me’yoriy-huquqiy va metodologik bazasini takomillashtirish.

Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Birja faoliyatini tartibga solish sohasida:

birja faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan birja standartlarini ishlab chiqish va rahbariyatga tanishib taqdim etish va o‘z vakolati doirasida ularni qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlarni ta’minlash;

birja faoliyatini yuritish huquqi uchun litsenziya olishga hujjatlari bo‘yicha xulosalar tayyorlash;

birja faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha ekspert komissiyasi ishini tashkil etish, shu jumladan, komissiya raisi bilan kelishilgan holda kun tartibini tuzish, komissiya a’zolarini ko‘rib chiqilayotgan materiallar bilan tanishtirish, komissiya protokollarini tayyorlash, ularni tasdiqlash va saqlash;

birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya huquqini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini Qo‘mita raisiga taqdim yetish;

litsenziyalar bilan litsenziya shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

birja faoliyatini amalga oshirish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish;

litsenziyalar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini monitoring qilish;

birja faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarni yangilash va dublikat litsenziyalar berish;

birja faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlarini yuritish;

litsenziyalar tomonidan belgilangan tartibda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish va rejali tekshirishlar o‘tkazish;

Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqish uchun rais o‘rinbosari bilan kelishgan xolda birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi birja faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risidagi buyruqlar loyihasini taqdim etish;

birja faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziyalash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha sud majlislarida ishtirok etish;

birja faoliyatining xalqaro tajribasini o‘rganish, eslatmalar va hisobotlar, shuningdek tadqiqotlar natijalari asosida tahliliy hisobotlar tayyorlash, litsenziyalashni va litsenziyalanadigan subyektlar faoliyatini takomillashtirish uchun  takliflar tayyorlashda tadqiqot materiallaridan foydalanish;

litsenziya talabgorlarining arizalarini ko‘rib chiqish jarayonining oshkoraligini qo‘mita veb-sayti rejim ilovalarni interaktiv aks ettiruvchi o‘tish bosqichlarini ta’minlash va tashkil etish;

yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda birja savdolariga qo‘yilishini nazorat qilish;

faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilishini oldini olish;

birja savdolarida ulushning sun’iy ravishda oshirilishini aniqlash maqsadida birja savdolari ishtirokchilari tomonidan mahsulotni xarid qilish hajmlarini nazorat qilish;

tovarlar bo‘yicha belgilangan avans miqdorlari, to‘lov va yetkazib berish muddatlariga rioya etilishini monitoring qilish;

forvard shartnomasi bo‘yicha mahsulotni belgilangan muddatda yuklab jo‘natilishini o‘rganish;

yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning birja savdosida sotilmay qolgan qismini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish orqali mahsulotlarni savdolarga qo‘yish hajmlarini qisqartirish holatlarini nazorat qilish.