Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qo‘mita tomonidan yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hududiy boshqarmalar va tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda samarali bajarilishini ta’minlash;
insofsiz raqobat holatlarini, kartel kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va nazoratini olib borish.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotlarda qatnashish, rahbariyat topshirig‘i bilan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi monitoringi holati yuzasidan berilgan axborot asosida ijrosi nazoratga olingan hujjatlar bajarilishini va murojaatlarning ko‘rib chiqilishini o‘rnatilgan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mutassaddi xodimlar bilan birgalikda zaruriy amaliy chora-tadbirlarni belgilash va ularni amalga oshirish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Bo‘lim faoliyati bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash,
Bo‘lim faoliyati bo‘yicha birinchi chorak, birinchi yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik hisobotlarini sifatli tayyorlash;
Bo‘limga yuklatilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan o‘z vakolatlari doirasida himoya qilish;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlash va chek qo‘yish choralarini ko‘rish;
intellektual mulk sohasida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reestrini yuritish va e’lon qilish;
kartel kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘rish;
kartel kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 11 va 13-moddalari buzilishi bo‘yicha Qo‘mita Maxsus komissiyasiga taqdim etish uchun materiallar tayyorlash;
qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha qabul qilingan qaror asosida berilgan ko‘rsatmalar ijrosini nazorat qilish va huquqbuzarlar tomonidan ijro ta’minlanmagan hollarda mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llash ishlarini tegishli sudga yuborish;
Bo‘lim faoliyatiga oid masalalarda qonunchilik va qonunni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Bo‘lim faoliyatiga oid masalalarda halqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotsha qo‘llash choralarini ko‘rish;
Bo‘limning vazifalari va funksiyalariga kiradigan masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
hududiy boshqarmalar tomonidan Qo‘mitadan yuborilgan va hududiy boshqarmaning o‘ziga kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini muntazam ravishda nazorat qilinishini ta’minlash;
Bo‘lim faoliyati bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash;
Bo‘lim faoliyati bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobotini umumlashtirgan holda birinchi chorak, birinchi yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik hisobotlarni sifatli tayyorlash;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilish;
raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil etishda ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.