Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilarining (jismoniy shaxslarning) huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
aloqa, telekommunikatsiya, bank, moliya, sug‘urta, to‘lov tizimi, tibbiy, ta’lim, konsalting, lizing xizmatlari sohasida iste’molchilarining (jismoniy shaxslarning) huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda kreativ sohalarni rivojlantirish;
reklama bozorini tartibga solish sohasida iste’molchilarining (jismoniy shaxslarning) huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida iste’molchilarining (jismoniy shaxslarning) huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilinganligini tahlil qilish hamda taklif va e’tirozlar tayyorlash;
iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish (oldini olish) yuzasidan takliflar tayyorlash;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda Qo‘mita hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq reja ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha tarkibiy bo‘limlar tomonidan ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
aholining iste’mol madaniyati va savodxonlik darajasini oshirishga ko‘maklashish.
Boshqarma reja ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida vakolatli organlar hisobotlarini olish va tahlil qilish hamda bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni va oldini olishni amalga oshirish;
ijtimoiy tarmoqlar va boshqa resurslardan foydalangan holda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida mavjud muammolarni va ushbu masalalarda jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zda tutuvchi takliflar ishlab chiqish;
ijro intizomi monitoringi holati yuzasidan berilgan axborot asosida ijrosi nazoratga olingan hujjatlar bajarilishini o‘rnatilgan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mutasaddi xodimlar bilan birgalikda zaruriy amaliy chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.