Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ichki audit yo‘nalishida
Qo‘mita va uning tizimida (tasarrufiy tashkilotlar) moliyalashtirishni amalga oshirish jarayoni, byudjet hisobi hamda moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi va shakllantirilishini o‘rganish, aktivlardan foydalanish va ularni saqlanishini baholash, debitor va kreditor qarzdorlikni qisqartirish hamda davlat xaridlari jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan moliyaviy audit o‘tkazish;
Qo‘mita va uning tizimida (tasarrufiy tashkilotlar) ularni vazifalarini bajarishda ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini baholash, moliyaviy resurslar mobilizatsiyasi va tejamkorligini yaxshilash yo‘nalishlarini o‘rganish, mavjud resurslardan foydalangan holda yuqori natijadorlikka erishish, shuningdek davlat dasturlari va byudjet xarajatlarining maqsadli indikatorlari ijrosini baholash va ularni kengaytirish hamda belgilangan vazifalarni to‘liq hajmda, o‘z muddatida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan risklarini aniqlashga qaratilgan samaradorlik auditini o‘tkazish;
Qo‘mita va uning tizimida (tasarrufiy tashkilotlar) faoliyatini moliyaviy ta’minlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishining risk-tahlilini amalga oshirish asosida tahlil qilish hamda qonunbuzilish holatlarini tezkor aniqlash va oldini olish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan muvofiqlik auditini o‘tkazish;
Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasida (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2022-yil 22-noyabrdagi 63-son buyrug‘iga ilova) belgilangan tartibda ichki audit faoliyati natijalari yuzasidan ma’lumotnoma, bildirishnoma, xulosa va hisobot rasmiylashtirish hamda taklif va tavsiyalar tayyorlash;
davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan moliyaviy nazorat va audit natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonunbuzilish holatlariga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar va ma’lumotlar bazasi vositasida masofaviy auditni qo‘llash;
ichki audit xizmati faoliyati bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlash hamda ularni vazirlik va idoralar rahbari va vakolatli davlat organiga taqdim etish;
sohaga oid seminarlar, treninglar va boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etish yoki ularni tashkil qilish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida
Qo‘mita va uning tizimida (tasarrufiy tashkilotlar) ichki korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring va tahlil qilish, baholash hamda natijasi bo‘yicha hisobotlarni yuritish;
sohaga oid seminarlar, treninglar va boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etish yoki ularni tashkil qilish;
Qo‘mita va uning tizimi (tasarrufiy tashkilotlar)da korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standarti hamda milliy qonunchilik asosida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash;
Qo‘mita va uning tizimi (tasarrufiy tashkilotlar)da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, ularni oldini olish va chek qo‘yishga, oqibatlarini, shuningdek ushbu illatlarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
Qo‘mita va uning tizimi (tasarrufiy tashkilotlar)da korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Qo‘mita va uning tizimi (tasarrufiy tashkilotlar) xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan g‘arazli maqsadlarda noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish;
Qo‘mita va uning tizimi (tasarrufiy tashkilotlar) xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan kiritilgan axborotlar, kelib tushgan murojaatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar taqdimnomalari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlardan kelgan xatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvi va o‘rganishlar o‘tkazish;
Qo‘mita va uning tizimi (tasarrufiy tashkilotlar) faoliyati yuzasidan monitoring, tahliliy ishlarni amalga oshirish, tahlillar natijasida surunkali ravishda qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar faoliyati yuzasidan o‘rganishlar hamda lozim hollarda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish;
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
Qo‘mita va uning tizimi (tasarrufiy tashkilotlar) ma’muriy binolariga belgilangan tartibda kirib-chiqish, rejim qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qo‘mitada korrupsiya holatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish borasidagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish yo‘nalishida
ishlab chiqilayotgan normativ – huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida Qo‘mita va uning tizimi (tasarrufiy tashkilotlar) vazifalarini to‘liq hajmda, o‘z muddatida va sifatli bajarilishi, iqtisodiy tejamkorlik, moliyaviy maqsadga muvofiqlik hamda ichki nazoratni kuchaytirish nuqtayi nazaridan ishtirok etish;
sohaga oid seminarlar, treninglar va boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etish yoki ularni tashkil qilish;
Qo‘mitaning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Moliyaviy audit o‘tkazish bo‘yicha:
byudjet tizimi byudjetlaridan moliyalashtirishni amalga oshirish jarayonini, ya’ni xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali hamda ularga qo‘shimcha (tarifikatsiya va boshqalar) hujjatlarini tuzish, tasdiqlash, ijro etish tartibi va jarayonlarini o‘rganish asosida ulardagi mablag‘lardan samarasiz va noqonuniy foydalanish xavflarini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;
birlamchi hujjatlarni byudjet hisobining milliy standartlari asosida yuritilishini o‘rganish asosida baholash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha maslahat, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi, asoslanganligi, to‘liqliligi hamda to‘g‘ri shakllantirilganligini o‘rganish orqali ular yuzasidan raxbariyatga ishonchli va mustaqil ma’lumotlar taqdim etish;
asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar holati va ularni kelib chiqish sabablari hamda manbalarini o‘rganish asosida barcha turdagi debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish va ularni yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
moliyaviy oqimlarning xarakati va ulardan to‘g‘ri foydalanilishi hamda byudjet hisobining to‘g‘ri yuritilishi yuzasidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy audit o‘tkazish;
aktivlardan foydalanish va saqlanishini baholash orqali ularni doimiy butligi va ishga yaroqliligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni o‘rganish va ularning natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
masofaviy auditning “smart (aqlli)” modullarini ishlab chiqish va dasturiy majmualarga joylashtirish orqali kamchiliklarni oldini olishga qaratilgan takliflar tayyorlash.
Samaradorlik auditini o‘tkazish bo‘yicha:
davlat dasturlari va byudjet xarajatlarining maqsadli indikatorlari ijrosini baholash va ularni kengaytirish, shuningdek maqsadli indikatorlarga erishilishini faoliyatni moliyalashtirish bilan bog‘lash imkoniyatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish va takliflar kiritish;
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari, Qo‘mita tasarrufidagi tashkilotlarning vazifalarini bajarish uchun shakllantirilgan tashkiliy tuzilma va uning tarkibidagi lavozimlar, bo‘ysunuv, gorizontal va vertikal boshqaruv shakli va hisobdorlikni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
moliyaviy resurslar va aktivlardan samarali hamda tejamkor foydalanish jarayonini baholash orqali uni yaxshilash yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
Muvofiqlik auditini o‘tkazish bo‘yicha:
mavjud moliyaviy boshqaruvga taaluqli normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish orqali ularga amal qilinishini holatini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
faoliyatni va uni moliyaviy ta’minlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etmaslik holatlarini tezkor aniqlash va oldini olish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar tayyorlash;
tegishli umumiy va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi jarayonini o‘rganish orqali hujjatlarning sifatsiz va kechikib ishlab chiqilishi ehtimolini hamda buning natijasida moddiy va moliyaviy resurslarning yo‘qotilishi risklarini baholash;
“tahlika-tahlil” tizimini yo‘lga qo‘yish orqali moliyaviy qonunbuzilish holatlari riskini aniqlash va baholash hamda oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.
Axborot texnologiyalari auditini o‘tkazish bo‘yicha:
moliyaviy boshqaruvda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar va axborot texnologiyalari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik holatini baholash va ulardagi bosqichlar hamda jarayonlarning Qo‘mita faoliyatini tartibga soluvchi hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga mosligini o‘rganish;
dasturiy ta’minotlardan olinadigan moliyaviy ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq shakllanganligini o‘rganish;
moliyaviy boshqaruvda foydalaniladigan dasturiy majmualardan foydalanish tartiblari, bosqichlari va jarayonlarining maqsadga muvofiqligi va samaradorligini baholash;
zamonaviy axborot-kommunikatsion va raqamli texnologiyalarni tadbiq etish orqali faoliyatni, shu jumladan ichki nazorat tizimini yanada samarador va natijador bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash.
ichki audit tadbirlarini o‘tkazish va uning natijalari yuzasidan ma’lumotnoma, bildirishnoma, xulosa va hisobot rasmiylashtirish hamda taklif va tavsiyalar tayyorlash;
davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan moliyaviy nazorat va audit natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonunbuzilish holatlariga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ichki audit rejalarini “tahlika-tahlil”i asosida ishlab chiqish, tasdiqlash hamda vazirlik va idora rahbariga hamda ma’lumot uchun vakolatli davlat organiga taqdim etish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha:
Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida mavjud “tahlika-tahlil” tizimi samaradorligini baholash va sifatini oshirish bo‘yicha asoslangan tavsiyalar berish;
Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya xavf-xatarini baholab borish, korrupsiyaviy xavf-xatarni minimum darajaga tushirish yuzasidan takliflar berish;
Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini amalga oshirishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari, Qo‘mita tasarrufidagi tashkilotlarida korrupsiya holatlarini aniqlaydi, ularni oldini oladi, qarshi kurashadi va bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari, Qo‘mita tasarrufidagi tashkilotlari xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan kiritilgan axborotlar, kelib tushgan murojaatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar taqdimnomalari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlardan kelgan xatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvi va o‘rganishlar o‘tkazish;
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari, Qo‘mita tasarrufidagi tashkilotlar faoliyati yuzasidan monitoring, tahliliy ishlarni amalga oshirish, tahlillar natijasida surunkali ravishda qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar faoliyati yuzasidan o‘rganish hamda lozim hollarda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish;
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarida korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasidagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan g‘arazli maqsadlarda noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish.
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish yo‘nalishida
Qo‘mitaning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish.