Devonxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
Qo‘mita markaziy apparatida ish yuritishni yo‘lga qo‘yish;
-
Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarida ish yuritish va ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnoma talablariga rioya etish ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha metodik rahbarlikni amalga oshirish;
-
Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarida hujjatlar bilash ishlash holatini o‘rganish va muvofiqlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etishga yordam berish va ushbu to‘g‘risida rahbariyatni xabardor qilish;
-
Hujjat aylanishning yagona tizimi, hujjatlarni hisobini yuritish, tahlil qilish va nazoratni amalga oshirishni takomillashtirish masalalarida uslubiy yordam ko‘rsatish;
-
O‘rnatilgan talablarga muvofiq kirim, chiqim va ichki hujjatlarni sistemalashtirilgan hisobini yuritish;
-
Qo‘mitaning idoraviy arxiviga saqlash uchun topshirilgan hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanishni ta’minlash;
-
Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlashga ko‘maklashish, xodimlarni ish yuritish, arxiv ishi bo‘yicha savodxonligini oshirish;
-
Qo‘mitaning hujjat aylanishi va arxiv ishiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda qatnashish;
-
Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Devonxona quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-
Yozishmalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, hisobini yuritish, , taqsimlash va jo‘natishni amalga oshiradi;
-
yozishmalarni qabul qilish, skaner qilish va jo‘natishni amalga oshiradi;
-
Qo‘mita tizimida qo‘llaniladigan hujjat aylanish bo‘yicha elektron dasturda hujjatlar hisobi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yuritadi;
-
ish yuritishni takomillashtirish va ish yuritish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;
-
qarorlar, reja-nazoratlar, reja-tadbirlar, reja-jadvallar, jadvallar, farmoyishlar, buyruqlar, bayonnomalar, Xay’at yig‘ilishlari bayonnomalari, Qo‘mitada bo‘lib o‘tgan ishchi yoig‘ilishlari bayonnomalarini ro‘yxatga olish, hisobini yuritish, skaner qilish va jo‘natish;
-
Qo‘mitaning yig‘ilishlari bayonnomalari va normativ –huquqiy hujjatlari loyihalari bo‘yicha bayonnomalarni tuzishda ishtirok etadi;
-
Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda Ishlar nomenklaturasini ishlab chiqadi;
-
Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalaridan ish yurituvi tugallangan ishlarni (papkalarni) qabul qiladi, ularni hisobini yuritadi, saqlanishini ta’minlaydi, ishlarni (papkalarni) va hujjatlarni belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshirish, joriy arxivni shakllantiradi va yuritadi;
-
Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda hujjat aylanishini avtomatlashtirilgan elektron tizimini joriy etadi;
-
Hujjatlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi va Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarida tasdiqlangan jadvalga muvofiq hujjatlar bilan ishlash holatini o‘rganadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun yordam ko‘rsatadi va ushbu to‘g‘risida rahbariyatni xabardor qiladi;
-
in yuritish masalalari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida instruktaj (tushuntirish ishlarini) o‘tkazadi;
-
hujjatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
-
devonxona vakolatiga kirgan masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
-
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.