Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 sentyabrdagi tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 3-9 oktyabrь kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʼrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” gʼoyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan Qoʼmita tizimida uzoq yillar davomida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan Rashitov Orif Nabievich bilan davra suhbati oʼtkazildi.
Har bir insonning komil shaxs boʼlib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi boʼlib jamiyatda oʼz oʼrnini topishida tajribali va yetuk mutaxassislarning maslahat va oʼgitlari muhimdir.