Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi amalga oshirgan tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2 ta 110 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan quyosh stansiyasini xarid qilish va o‘rnatish bo‘yicha tender savdolariga taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganlik holatlari aniqlandi. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, buyurtmachi tashkilotga (Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi) “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, Qo‘mita ko‘rsatmasi bilan tanlov savdosi bekor qilindi.
Ushbu yangilik bilan boʻlishish