Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bu majmua xalqimizning urushdagi yo‘qotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasini ifodalaydi. Shu bois bog‘ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoshu keksalar bilan gavjum.
Bu yil ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari rag‘batlantirilmoqda. Ularning salomatligi hamisha e’tiborda.
G‘alaba bog‘ida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari jam bo‘ldi. Ular ham majmua poyiga gullar qo‘ydi.