Joriy yilning 7-noyabr kuni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyot kuni munosabati bilan EUROUZ hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “O‘zgaruvchan global iqtisodiyotda muvofiqlik va shaffoflikni boshqarish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.
Mazkur davra suhbatida, xalqaro nufuzli tashkilotlarning vakillari va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etib, o‘zlarining iqtisodiyotda muvofiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Uchrashuv davomida Farrux Karabayev Qo‘mita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan monopoliyaga qarshi komplayens sohasini rivojlantirishga qaratilgan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” yuzasidan xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirish borasida o‘quv kurslari tashkil etilganligini shuningdek, raqamli platformalarni tartibga solish borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.