O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2024-yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar hamda Sankt-Peterburg tarixiy obidalari bilan tanishdilar.
Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Shu bilan davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.