O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib, mamlakatlarimiz strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.