O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida 2-dekabr kuni “Tadweer” kompaniyasi bosh ijrochi va boshqaruvchi direktori Ali al-Daheriyni qabul qildi.
Amirliklar kompaniyasining O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, bunda ilg‘or texnologik yechimlarni joriy qilish rejalari ko‘rib chiqildi.