O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Armaniston hukumati rahbari mamlakatimiz yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tiladi.
Suhbatda amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish muhimligi alohida ta’kidlandi.