Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar to‘g‘risida HISOBOT
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirish hamda axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Belgilangan talablarga muvofiq, ochiqlik sohasidagi faoliyatni takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish maqsadida har yili kamida 3 tadan kam bo‘lmagan taklif ishlab chiqish va ochiq e’lon qilish amaliyoti joriy etilgan.
Hisobot davrida quyidagi takliflar ishlab chiqildi va jamoatchilikka taqdim etildi:
1. Ochiq ma’lumotlar hajmini kengaytirish
— qo‘mita faoliyatiga oid statistik va tahliliy ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirish;
— ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini muntazam yangilab borish tartibini joriy qilish;
— ochiq ma’lumotlarni mashina o‘qiydigan formatlarda joylashtirish.
2. Axborot resurslarining shaffofligini oshirish
— rasmiy veb-resurslarda joylashtiriladigan ma’lumotlarni yangilash muddatlarini qisqartirish;
— qarorlar, ko‘rsatmalar va ogohlantirishlar bo‘yicha alohida ochiq reyestr yuritish;
— jamoatchilik uchun muhim hujjatlar bo‘yicha qisqacha izohli ma’lumotlar berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
3. Jamoatchilik bilan ochiq muloqot mexanizmlarini kuchaytirish
— ochiq muhokamalar va onlayn muloqotlar sonini ko‘paytirish;
— taklif va murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha elektron platformalar imkoniyatlarini kengaytirish;
— ochiqlik masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish tizimini joriy etish.
Ishlab chiqilgan takliflar belgilangan tartibda rasmiy axborot manbalarida ochiq e’lon qilindi hamda amaliy faoliyatga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.







