Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Fuqaroning muammosi hal etildi.
Fuqaro Qo‘mita Veb-sayti orqali yo‘llagan murojaatida, avtosalondan “Tracker 1 LT (LTZ)” modeldagi avtomobil “Trade-In” dasturi doirasida xarid qilinganligi, avtomobilni qabul qilish davomida, motor qismida nuqson aniqlanganligi va ushbu holat bo‘yicha bir necha bor murojaat etilgan bo‘lishiga qaramay, hech qanday natija bo‘lmaganligidan norozi bo‘lib, ushbu holat yuzasidan amaliy yordam so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga ko‘ra, iste’molchi tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi, hayoti, sog‘lig‘i va molmulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi huquqiga ega ekanligi eslatib o‘tiladi.
Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida, avtosalon tomonidan Fuqaroga nuqsonli avtomobil boshqa yangisiga almashtirib berildi.