Joriy yilning 29-31-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida navbatdagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kurslarida,
– «Taxiatosh issiqlik tarmoklari» MChJ;
– «O‘zbekistan temir yo‘llari Kung‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UK;
– Uztransgaz AJ «Urganchtransgaz» UK;
– «Chirchiq issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonasi» UK;
– Samarkand temiryo‘lni energiya bilan ta’minlash;
– “Kommunallik issiliq» DUK;
– «Olmalik issiqlik manbai» MChJ;
– «Muborakneftgaz- Suvta’minot» MChJ;
– «Chimgan-chorbog‘ suv ta’minoti» MChJ;
– «Olmalik; kon-metallurgiya kombinati» AJ;
– “Yashil energiya” MChJ vakillari ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv kurslarda Birja savdolarida manipulyatsiya harakatlari va turlari hamda uni sodir etganlik uchun javobgarlik va huquqiy choralar hamda Davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat yordami, xususan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, eksklyuziv huquqlar taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘quv kursi yakunida tinglovchilar o‘rtasida monopoliyaga qarshi komplayens sohasini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan so‘rovnomlar o‘tkazilib, mazkur masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalari va takliflari birgalikda muhokama qilindi. O‘quv seminar so‘ngida tinglovchilarga Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi rahbari Olimjon Jumayev tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.